Yoshlar bandligi — davr talabi

0
618

Buxoro davlat universitetida «Aniq maqsadli yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash — davr talabi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O‘zbekiston ¬yoshlar ittifoqi viloyat ken¬gashi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, bandlik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqar¬ma¬lari hamkorligida o‘t¬kazil¬gan ¬tadbirda universitet ¬professor-o‘qi¬tuvchilari, korxona va tashkilotlar mutasaddi vakillari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ta’lim muassasalari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishdan iborat.

Tadbir avvalida viloyat bandlik boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

— Yarmarkada Buxoro, Kogon shahri va Kogon tumanining 43 ta ish beruvchi korxona va tashkiloti 250 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi, — deydi viloyat bandlik va mehnat munosabatlari bosh bosh¬qarmasi bo‘lim mudiri Malik Qobilov. — Yarmarkaga ta’lim muassasalarining 300 nafardan ortiq o‘quvchi va bitiruvchilari jalb qilindi hamda bandlik markazlari tomonidan ularning 48 nafariga ishga joylashishi uchun yo‘llanma berildi. Qolgan tadbir ishtirokchilariga mehnat qonunchiligiga oid va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida mavzu doirasida davra suhbati tashkil etildi va tegishli tashkilot, idoralar rahbarlarining mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Yoshlar orasida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, bitiruvchilar band¬ligini ta’minlash, ta’lim muassasasini joriy yilda bitirayotgan yoshlarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish singari masalalar muhokama qilindi. Qiziqar¬li bahs-munozaralarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Baham ko'rish