Yosh tadbirkorlarning biznes forumi

0
460

Buxoro davlat universitetida viloyat hokimligi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi» mavzusida yosh tadbirkorlar biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda yosh tadbirkorlar, innovatsion g‘oya mualliflari, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar qatlami vakillari bilan birga korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Forumda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘. Barnoyev so‘zga chiqdi.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda aholi turmush ¬farovonligini yanada oshirish bugungi kunda barcha ¬sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylangan. Xususan, yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Biznes forum mamlakatimizda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar ko‘lamini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi.

Baham ko'rish