«Yosh oilalar va qizlar» forumi

0
416

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi va Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlab, Buxoroda «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida «Yosh oilalar va qizlar» respublika forumi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Forum viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda turli davlat va ¬nodavlat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi hi¬soblangan ushbu tadbir o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘z¬bekiston yoshlar ittifoqi faoliya¬tini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbir «Men ham yetakchi bo‘laman» mavzusiga bag‘ishlab, deputatlar va turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar, ijtimoiy faol, shuningdek, uyushmagan qizlar ishtirokidagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh.Navro‘zova va ¬boshqalar mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida ayollarning munosib o‘rni bor¬ligini ta’kidladi.

Bugungi kunda birgina Buxoro viloyati, tuman va shaharlar mahalliy Kengashlariga 80 dan ziyod xotin-qizlar deputat etib saylangan. Mahalliy hokimiyat boshqaruvi organlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari orasida ko‘plab ayollar bor. Ularning ish tajribasini ommalashtirish qizlarning ijtimoiy faolligi va daxldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadbirda shu maqsadga qaratilgan loyihalar samaradorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Baham ko'rish