Tashkiliy tuzilmasi

 

 

Viloyat hokimi qarori pdf

Viloyat hokimligi apparatida jami 55 kishi faoliyat ko`rsatadi. Bular viloyat hokimi, hokimning olti yo`nalish bo`yicha o`rinbosarlari, ularning kotibiyatlari, axborot-tahlil guruhi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik, turizm rivojlantirish va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruh, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yuridik xizmati, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab quvvatlash guruhi va ishlar boshqarmasidan iborat.

Bo`linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.

Viloyat hokimligi apparati:
— sohalar va hududlarda o`tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta`minlaydi;
— hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Yuqori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o`z vaqtida bajarilishini ta`minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;
— bo`lim, guruh va kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo`yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtiradi. Viloyat hokimligi apparati bo`linmalari faoliyatiga viloyat hokimi va hokim o`rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.