Sayyohlik

Viloyatda iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri turizm hisoblanadi. Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida viloyat hokimining 2010 yil 24 fevraldagi 87-sonli «Viloyatda turizmni rivojlantirish bo`yicha 2010 yilga mo`ljallangan tadbirlar Dasturi to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.

Buxoro shahrida shu yilning yanvar oyida 2 ta xususiy mehmonxona, jumladan, 28 o`rinli «Buxoro Bahouddin» hamda 38 o`rinli «Kamelot» mehmonxonalari ish boshladi. Ushbu mehmonxonalarni tashkil qilish va qurilish-montaj ishlariga 520.0 ming AQSH dollari sarflandi. Sayyohlarning erkin valyuta almashtirish uchun qulaylik yaratish maqsadida Buxoro shahridagi yirik mehmonxonalar va zarur bo`lgan joylarda bankomat va pul almashtirish bo`limlarini tashkil etish bo`yicha 2010 yil 1 iyun holatida 6 ta bankomat o`rnatilgan bo`lib, 93 ta valyuta ayrboshlash shoxobchasi xizmat ko`rsatib kelinmoqda.

Olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga tashrif buyurgan 49179 nafar sayyohlarga jami 3675.3 mln.so`mlik xizmat ko`rsatildi. Shulardan 37217 kishi xorijiy sayyohlardir. Eksport xizmati esa 1875,0 ming AQSH dollarni, yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 106.5 % tashkil etdi.