Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish

0
304

Xizmat reglamenti: yuklab olish

Xizmat sifatini baholash

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish xizmatini baholang

Загрузка ... Загрузка ...

Murojaat maqomini tekshirish

Siz viloyat, tuman va shahar hokimliklariga quyidagi tizimlar yordamida to’g’ridan-to’gri murojaat qilishingiz mumkin:

Hurmatli foydalanuvchi!

Sizga Buxoro viloyat hokimiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo‘ymoqchimiz. Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so‘raymiz:

Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo‘llasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo‘lishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yo‘llasangiz yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab etiladi.

Alohida e’tibor bering! Tuxmat, haqorat so‘zlar ishlatilgan va yolg‘on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz:
•    odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va shunga o‘xshash murojaatlar);
•    murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojaatlar

Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.

Mazkur shartlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 11.09.2017 yildagi O‘RQ-445-son

Hurmatli foydalanuvchi!
Siz mazkur xizmat sifatini oshirish uchun o'z taklifingizni bizga yuborishingiz mumkin.

Baham ko'rish