Poytaxtimizda Buxoro teatri spektakllari

0
235

Poytaxtimizdagi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida boshlangan Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari davomida namoyish etiladigan spektakllar jonajon diyorimizni, boshimiz uzra musaffo osmonni ko‘z qorachig‘idek asrashga undashi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning Vatan oldidagi ijtimoiy burchi, mas’uliyatini teran anglashga yaqindan ko‘maklashishi bilan ahamiyatlidir. 

Buxoro viloyati musiqali drama teatri ijodiy safari boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan kechaga san’atshunoslar, pedagoglar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi.

Mamlakatimizda teatr san’atini ravnaq toptirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil va sog‘lom tafakkur sohibi bo‘lib kamolga yetkazishdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir.

Baham ko'rish