Mamlakatimizga kelgan bir guruh turkiyalik jurnalistlar 29 noyabr kuni Buxoroda bo‘ldi. 

0
136

“Afrosiyob” tezyurar poyezdida Samarqanddan kelgan mehmonlarni “Buxoro” temir yo‘l vokzalida Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shahriyorov va boshqalar kutib oldi.

Turkiyalik jurnalistlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 25-26 oktabr kunlari Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan o‘zaro kelishuvga asosan yurtimizga keldi.

Turkiya ommaviy axborot vositalari xodimlari Sharq gavhari bo‘lgan qadimiy Buxoroning dunyoga mashhur tarixiy-me’moriy yodgorliklari sirasiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon, Poyi Kalon hamda Labi hovuz majmualari, Ismoil Somoniy va boshqa diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

Baham ko'rish