Ipak yo‘li — ma’rifat, hidoyat va yuksalish yo‘li

0
304

XVI an’naviy «Ipak va ziravorlar» xalq¬aro festivali doirasida viloyat hokimligi, respublika Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «Hunarmand» uyushmasi viloyat boshqarmalari, Buxoro davlat universiteti va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan 27 may kuni Bahouddin Naqshband yodgorlik majmui markazida «Buxoro turistik erkin iqtisodiy hududni yaratish imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari»mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari diplomatik korpusi, xalqaro sayyohlik tashkilotlarining vakillari, respublikamiz va chet el olimlari, tadqiqotchilar, turizm sohasi mutaxassislari ishtirokidagi anjuman yalpi majlisini «Buxoro merosi» ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Robert Almeyev boshqarib bordi.

Konferensiya ishtirokchilari va xorijiy mehmonlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qilgan viloyat hokimi o‘rinbosari Zokirjon Hidoyatov respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda sayyohlikni taraqqiy ettirishga katta g‘amxo‘rliklar ko‘rsatilayotganini ta’kidlab, uning 2017 yil 19 maydagi «2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turis¬tik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu e’tiborning yangi dalili ekanligini aytdi.

Respublika Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘tkirjon Xolbadalovning yalpi yig‘ilishdagi ma’ruzasi «O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish strategiyasining asosiy jihatlari»ga bag‘ishlandi. «Hunarmand» uyushmasi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Lutfiya Mirzayeva esa konferensiya ¬qatnashchilari e’tiborini «Buxoro turizmini rivojlantirishda hunarmandchilikning o‘rni va aha¬miyati» masalalariga qaratdi.

Baham ko'rish