Buxoroda IX Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari — ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi

0
496

O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo ma’naviyati va fanini dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk hamyurtimiz, qomusiy ilmlar sohibi, «Kitob ush-shifo», «Kitob al-qonun fit-tib» singari asarlari qariyb 800 yil davo¬mida nafaqat Sharq, balki G‘arb hakimlari uchun asosiy qo‘llanma bo‘lgan, butun dunyo¬da meditsina (Madadi Sino) fani asoschilaridan biri sifatida e’tirof etilgan, falsafa, mantiq, fizika, astronomiya, matematika, mineralogiya, musiqa, tarix singari 29 ta fanga doir risolalari, adabiy kashfiyotlarga boy ruboiylari, falsafiy qissalari bilan jahonga tanilgan ulug‘ mutafakkir Abu Ali ibn Sino ko‘p qirrali ilmiy merosini o‘rganish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, alloma¬ ¬tug‘ilib o‘sgan Buxoroi sha¬rif, O‘zbekistonning jahon sahnida ilmiy-ma’naviy sohadagi mavqeini mustahkamlash, ¬betimsol tabib yurtini ziyorat qilishga kelayotgan sayyohlar oqi¬mini yanada kengaytirishda an’anaviy Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari — ilmiy-amaliy anjumanining roli benihoya katta.

Bu yil Ibn Sino jamoat fondi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, respublika Fanlar akademiyasi, viloyat hokimligi va Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan to‘qqizinchi marta tashkil etilgan mazkur anjuman «Ibn Sino ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni» mavzuiga bag‘ishlandi. Ushbu xalqaro anjumanga respublikamiz poytaxti va viloyat¬lari, shuningdek, Rossiya, Buyuk Bri¬taniya, Germaniya, Fransiya, Isroil, Qozog‘iston, Hindiston, Yaponiya singari mamlakatlardan shifokor olimlar, boshqa fanlar ¬namoyandalari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari Buxoroga tashrif buyurishdi.

Ularning viloyatimizga safari allomaning kindik qoni to‘kilgan Afshona qishlog‘ini ziyorat qilishdan boshlandi. Qishloq ahli, jamoatchilik vakillari, milliy ¬libosdagi qizlar mehmonlarni karnay-surnay sadolari ostida xushnudlik bilan kutib oldilar. Mehmonlar — dunyoning turli davlatlaridan kelgan taniqli olimlar Ibn Sino haykali poyiga gullar qo‘ydilar hamda alloma memorial muzeyi eksponatlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Baham ko'rish