Buxoroda “Buxoro shahri kuni” festivali bo‘lib o‘tdi

0
192

Festival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, ko‘rgazma, ilmiy-amaliy konferensiya va gala-konsert tashkil etildi.

Tadbir “Men Buxoroni sevaman” marafoni bilan boshlandi. Ko‘hna va boqiy Buxoroning «Toqi Sarrofon», «Toqi Zargaron», «Toqi Telpakfurushon» majmualari va eski shahar qismida folklor jamoalari chiqishi, milliy taomlar shohi sanalgan palov tayyorlash musobaqasi, “Buxoro – ochiq osmon ostidagi muzey” shiori ostida rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning joriy yil 19 maydagi 2017-2021 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan festival viloyat hokimligi, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

Baham ko'rish