Buxoro viloyati Vobkent tumanida “Nuroniylar maskani” ish boshladi

0
197

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizning barcha tuman va shaharlarida faxriylar vaqtini mazmunli o‘tkazishi, hordiq chiqarishi, salomatligini mustahkamlashi uchun zarur shart-sharoitga ega “Nuroniylar maskani” majmualari tashkil etilmoqda. 

Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham shu kunlarda mazkur maskanlar qurilishi ishlari yakunlanib, majmualar foydalanishga topshirilmoqda.

Vobkent tumani madaniyat va istirohat bog‘i hududida barpo etilgan shunday maskanning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Baham ko'rish