Avtomobil yonilg‘isi savdolarini litsenziyalash

0
78

Avtomobil yonilg‘isi savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish

Xizmat reglamenti:yuklab olish

Onlayn murojaat yuborish

Murojaat maqomini tekshirish

Ushbu xizmat haqida Litsenziya axborot tizimida

Hurmatli foydalanuvchi!
Siz mazkur xizmat sifatini oshirish uchun o'z taklifingizni bizga yuborishingiz mumkin.

Avtomobil yonilg‘isi savdolarini litsenziyalash xizmatini baholash

Загрузка ... Загрузка ...

Litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar:

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori «O’zdavneftgazinspeksiya» hududiy bo’limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holda litsenziya berish to’g’risidagi ariza;
  2. b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;
  3. v) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
  4. g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi muhandislik kommuniksiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
  5. d) «O’zdavneftgazinspeksiya» hududiy bo’limining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi holati, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maxsus ma’lumotga egaligi to’g’risidagi xulosasi;
  6. e) O’zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
  7. j) yong’in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong’indan saqlash talablariga muvofiqlik to’g’risidagi xulosasi;
  8. i) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.

Xizmat ko’rsatish muddati

30 kalendar kuni

Davlat xizmatlari uchun to’lov

Pullik

Davlat xizmati tasdiqlangan tartib uchun manba

lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=245180

Baham ko'rish