Tuman va shaharlar

Olot tumani

Umumiy ma’lumot. Olot tumani 1943 yil 13 fevralda tuzilgan. Tuman shimoldan Jondor tumani, shimoliy-sharqdan Buxoro tumani, sharqdan Qorovulbozor tumani, shimoliy-g`arbdan Qorako`l tumani va janub tomondan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.

Maydoni 3,2 ming km2. Tumanda 8 shaharcha (shahar tipidagi posyolka)lar, va 10 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Chorbog`, Denov, Chandir, Talqonsayot, Paxtakor, Jumabozor, Bahoriston, Guliston, Qirlishon, Soyiqorovul) va 33 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi — Olot shahri.

Tabiati. Olot tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 87,9 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek rus, turkman, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham bor. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 27,5 kishi to`g`ri keladi.

Kogon tumani

Umumiy ma’lumot. Kogon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy g`arbdan Buxoro tumani, janubiy sharqdan Qorovulbozor tumani va shimoliy sharqdan Navoiy viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 0,51 ming km2. Tumanda 9 ta qishloq, 12 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi – Kogon shahri.

Tabiati. Kogon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 4 daraja. Vegetatsiya davri 120-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 67,0 ming kishi, asosan, o`zbeklar, shuningdek rus, tojik, qozoq, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 131,4 kishi to`g`ri keladi.

Shofirkon tumani

Umumiy ma’lumot. Shofirkon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy-sharqda Vobkent, janubiy-g`arbda Peshko` tumani, sharqda G`ijduvon tumanlari, shimolda Navoiy viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 3,72 ming kv.km. Tumanda 8 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 12 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Do`rman, Denov, Jo`yrabod, Tezguzar, S.Jo`ra, Bog`iafzal, M.Chandir, Sh.Hamroev, Jo`ynav, Iskogare, Vardonze), 37 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi -Shofirkon shahri.

Tabiati. Shofirkon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 4 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 220 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 158,1 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 42,5 kishi to`g`ri keladi.

Jondor tumani

Umumiy ma’lumot. Jondor tumani 1991 yil 28 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Buxoro tumani, janubiy g`arbdan Qorako`l tumani bilan, janubdan Olot va Peshko` tumanlari bilan, shimoliy g`arbdan esa Romitan tumani bilan chegaradosh. Markazi -Jondor shaharchasi.

Tumanda 9 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 13 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Samonchuq, Xumdonak, Po`loti, Xumin, Qaroli, Sepatta, Navrabot, Aleli, Oxshix, Romish, Lolo, Dalmun, Mirzayon), 37 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud.

Tabiati. Jondor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 31,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 115-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 152,0 ming kishi, asosan o`zbeklar, tojiklar va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 29,7 kishi to`g`ri keladi.

Romitan tumani

Umumiy ma’lumot. Romitan tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Viloyatning Peshko`, Vobkent, Buxoro, Jondor, Qorako`l tumanlari va Xorazm viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 1,3 ming km2. Tumanda 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 6 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Romitan, Chelong`u, Qo`rg`on, Bog`iturkon, Sho`rcha, Qizilravot), 17 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud. Markazi — Romitan shahri.

Tabiati. Romitan tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 210 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 125,0 ming kishi, aksariyat qismi o`zbeklar – 85,0%, bundan tashqari 7,0 foizi tojiklar, 6,0 foizi qozoqlar va qolgan 1,0 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 96,1 kishi to`g`ri keladi.

Qorovulbozor tumani

Umumiy ma’lumot. Qorovulbozor tumani 1993 yil 12 sentyabrda tashkil qilingan. Janubiy-g`arbdan Olot tumani, shimoliy-g`arbda Kogon tumani, g`arbda Buxoro tumanlari va janubiy-sharqda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 2,11 ming km2. Tumanda 3 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Bo`zachi, Navbahor, Jarqoq), 4 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi — Qorovulbozor shahri.

Tabiati. Qorvulbozor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 8 daraja. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 15,9 ming kishi, aksariyat qismi o`zbeklar, rus, tojik, qozoq, tatar, turkman va boshqa millat vakillari ham bor. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 7,5 kishi to`g`ri keladi.

G`ijduvon tumani

Umumiy ma’lumot. G`ijduvon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman
janubda Vobkent tumani, janubiy-g`arbda Shofirkon tumanlari va shimoliy sharqda Navoiy viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 3,94 ming km2. Tumanda 11 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 14 ta qishloq fuqarolar yig`ini, 61 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi -G`ijduvon shahri.

Tabiati. G`ijduvon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Yiliga o`rtacha 210 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 275,1 ming kishi, asosan, o`zbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, ukrain, ozarbayjon, tojik va rus millati vakillari yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 69,8 kishi to`g`ri keladi.

Qorako`l tumani

Umumiy ma’lumot. Qorako`l tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman shimol-sharqda Jondor tumani, janubiy-sharqda Olot tumani, shimoliy g`arbda Romitan tumani, janubda Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.

Maydoni 9,84 ming kv.km. Tumanda 12 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 16 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Sayot, Jo`robod, Qulonchi, Qorako`l, Qozon, Darg`ali, Quyi Yangibozor, Quvvacha, Chandirobod, Jig`achi, Qoraxoji, Qoraun, Chovli, Mallaishayx, Ziyorat, Bandboshi), 33 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi — Qorako`l shahri.

Tabiati. Qorako`l tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 8 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 195 mm. yog`in tushadi.

Aholisi, 145,3 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi.Aholi zichligi 1 kv.km.ga 14,8 kishi to`g`ri keladi.

Kogon shahri

Umumiy ma’lumot. Kogon shahri 1992 yil 9 dekabrda tashkil topgan bo`lib, Kogon tumani hududida joylashgan. Aholi soni 58,0 ming kishi, hudud maydoni 15,0 kv.km.

Shahar hududidan temir yo`l, avtotransport yo`llari o`tgan.

Aholi demografiyasi. 2013 yil 1 yanvar holatida aholisi 58,0 ming kishi, yoki viloyat aholisining 3,4 foizini tashkil qiladi. Aholining 71,0 foizini o`zbeklar, 15,0 foizini ruslar, 7,0 foizini tojiklar, 3,0 tatarlar, 1,0 qozoqlar, 1,0 foizini ukrainlar, 1,0 foizini oo`arbayjonlar, va 1,0 foizini belaruslar tashkil etadi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 3773,3 kishi to`g`ri keladi.

Ma’muriy tarkibi. Kogon shahri Buxoro shahar markazidan 12 km uzoqlikda joylashgan.

Vobkent tumani

Umumiy ma’lumot. Vobkent tumani 1926 yilda tashkil topgan. Janubdan Kogon tumani, janubiy g`arbdan Buxoro tumani, shimoldan G`ijduvon tumani, shimoliy g`arbdan SHofirkon tumani, g`arbdan Peshko` tumani va janubiy g`arbdan Romitan tumanlari bilan chegaradosh. Markazi -Vobkent shahri.

Maydoni 0,39 ming km2. Vobkent tumanida 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 11 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Kumushkent, Ehson, Qipchoq, Qo`ng`irot, Roxkent, Pirmast, Xalach, Xargo`sh, Xayrabodcha, Imomqozixon, Yangikent), 44 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor.

Tabiati. Vobkent tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 110-120 kun. Yiliga o`rtacha 200 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 123,0 ming kishi, 98,0 foizi o`zbeklar, 1,0 foizi tojikva yana 1,0 foizi boshqa millat vakillari dan iborat. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 416,2 kishi to`g`ri keladi

Buxoro tumani
1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Kogon tumani, shimoliy tomondan Romitan tumani, shimoliy g`arbdan Jondor tumani, janubi sharqdan Qorovulbozor tumani va shimoliy sharqdan Vobkent tumani bilan chegaradosh. Markazi -Galaosiyo shahri.

Maydoni 1,30 ming kv. km. Buxoro tumanida 6 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 13 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ko`chkumar, Qavola Maxmud, So`fikorgar, Bog`ikalon, Yangi Turmush, Istiqbol, Kunji qal’a, Shergiron, Yurinbolo, Rabotiqalmoq, Losha, Shexoncha, Saxovat, Sohibkor), 19 ta mahalla fuqarolar yig`ini, 162 ta qishloq aholi nunktlari mavjud.

Tabiati. Buxoro tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 27,3, yanvarniki minus 3 daraja. Vegetatsiya davri 160-180 kun. Yiliga o`rtacha 225 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 114,0 ming kishi. Aholisining 92,0 o`zbeklar, 2,0 foizi tojiklar, 3,0 foizi tojiklar va 3,0 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 105,7 kishi to`g`ri keladi

Peshko` tumani

Umumiy ma’lumot. Peshko` tumani 1950 yilda tashkil etilgan. Viloyatning Jondor, SHofirkon, Romitan tumanlari hamda Navoiy viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi — YAngibozor aholi punkti.

Maydoni 8,2 ming km2. Tumanda 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 10 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ibn sino, Yangibozor, Istiqbol, Qoraqalpoq, Zandani, Qal’ayi-mirishkor, Navoiy, Varaxsho, Chibig`oni, Peshku), 26 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor.

Tabiati. Peshku tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 107,5 ming kishi,80,27 foizi o`zbeklar, 16,19 foizi tojiklar, 2,33 foizi qozoqlar, 0,28 foizi turkmanlar va qolgan 0,93 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 13,1 kishi to`g`ri keladi.

Buxoro shahri

Umumiy ma’lumot. Buxoro shahri 2520 yil oldin tashkil topgan. Aholi soni 272,0 ming kishi, hudud maydoni 73,0 kv.km. Buxoro viloyatining markaziy qismida joylashgan.

Buxoro shahri shimoliy-sharqdan Buxoro tumani bilan, janubi-sharqdan Kogon tumani bilan chegaradosh.

Aholi demografiyasi. Buxoro shahrida 272,0 ming kishi yoki viloyat aholisining 15,7 foizi istiqomat qiladi Bularning 82,0 foizini o`zbeklar, 6,0 foizini ruslar, 4,0 foizini tojiklar, 3,0 foizini tatarlar, 1,0 foizi koreyslar, 1,0 foizi turkmanlar, 1,0 foizi ukrainlar, 2,0 foizini boshqa millatlar tashkil etadi.

Aholi zichligi — 1 kv.km.ga 2702 kishi.

Ma’muriy tarkibi. Buxoro shahri viloyatning markazida joylashgan bo`lib, 63 ta mahalla fuqarolar yig`ini, 14 ta aholi punktlari mavjud.